Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yangi ish o‘rinlari  tashkil etildi.

      Mamlakatimizda ish o‘rinlari tashkil etish va axoli bandligini ta’minlash masalalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muxim ustuvor yo‘nalishlaridan xisoblanadi, bu borada Xukumat tomonidan ish o‘rinlarini tashkil etish va axoli bandligini ta’minlash masalasi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, ayniqsa yoshlar va kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarining bandligi ta’minlashga katta e’tibor qaratilib, kasaba uyushmalari tomonidan ish o‘rinlari tashkil etish va axoli bandligini ta’minlashga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi ishlarni samaradorligini yanada oshirish xozirgi davr talabidir.

     Tuman kengashining 2016 yil 15 fevraldagi “O‘zbekiston ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashining 2016 yilda Yakkabog‘ tumanidagi maxalla fuqarolar yig‘inlari kesimida yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha manzilli dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan “Xunarmand uyushmasi” Yakkabog‘ tuman bo‘limiga 2015 -2016 yilda kollejni bitirgan  Rajapova Oybarchin Ziyadulla qizi, Ismailova Shaxlo Ismatillo qizi, Bozorova Madina Salom qizi  tikuvchilik  kasanachi vazifasiga ishga qabul qilindi.“Abu Zulfiqor Ibn Akrom”xususiy ishlab chiqarish korxonasiga Abduraximova Uljon To‘ra qizi, Layliyeva Fazilat Faxriddin qizi, oshxona ishchisi lavozimiga ishga qabul qilindi.”Farxod – MN” OK oylaviy korxonasiga Rajabova Gulbaxor Sunnatillo qizi, Sharipova Shodiya Soyid qizi, Rajabova Dilobar Xoliq qizi, Xasanova Farangiz Umirzoq qizi, Abdujalilova Shaxlo Jo‘ra qizi ish bero‘vchi bilan xodim o‘rtasida Mexnat shartnomalari tuzulib, ularga mexnat daftarchalari, xamda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida korxona raxbarlarining ishga qabul qilish buyrug‘i chiqarilib yangi ish o‘rinlari ochildi. Tuman kengashi tomonidan ishga qabul qilingan o‘n nafar kollej bitiruvchilariga tuman kengashi xisobidan foizsiz bir yil muddatga qaytarish sharti bilan mablag‘ ajratildi.

slajd2

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!