Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yangi maskan-nurli kelajak!

       Shahrisabz tuman maktabgacha talim bo‘limiga qarashli “RED BEANS” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joriy yilning 6 avgust kuni Bog‘ishamol QFY, Qorapoycha qishlog‘iga foydalanishga topshirildi. Muassasa 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega. Ta’lim muassasada 6 nafar pedagog-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

         Tadbirkor Xasanova Gulbadan tomonidan tashkil etilgan bog‘cha qishloq ahli, ayniqsa, onalar uchun katta qulayliklar yaratilgan. Tarbiya maskanida bolajonlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

         Ta’lim muassasasida bolajonlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Kichkintoylarga rus va ingliz tillari o‘rgatilayotganidan ota-onalar mamnun.

         Ushbu nodavlat maktabgacha talim muassasasi O‘zbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan a’zolikka qabul qilindi.

 

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!