Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun arafasida «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda, birga yuguramiz» shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejidan viloyat musiqali drama teatri oldigacha bo‘lgan 3 km. masofada yugurib, o‘z irodalarini sinovdan o‘tkazgan 5500 nafardan ortiq turli yoshdagi ishtirokchilar ommaviy tadbirda faollik ko‘rsatdi.
Jumladan, 100 nafarga yaqin viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlarining xodimlari ham marofonda faol ishtirok etdilar.
Ishtirok etgan barcha xodimlar marofonga atab tayyorlangan maxsus futbolkalar hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalarini “yangi nafas” marafoni ishtirokchilariga omad !!!” yozuvli lozinglar bilan ta’minlandi.
9 nafar marraga birinchilardan kelgan holda sovrinli o‘rinlarni egallagan qatnashchilar hamda bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.