Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Yangi O‘zbekiston yoshlari” shiori ostida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi

    Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularning mantiqiy bilimlarini oshirish intellektual salohiyatini yuksaltirish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy bilimlarini va nutqiy madaniyatini oshirish maqsadida viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida Qarshi shahridagi “NASAF TRAVEL” mehmonxonasi zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan, korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh ishchi xodimlar o‘rtasida “Zakovat intellektual o‘yini” tashkil etildi.

Jamoalar; O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi “Tibbiyot bilimdonlari” jamoasi,

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti tizimidan “Ustozlar” jamoasi,

O‘zbekiston tadbirokorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan “Tadbirkorlar” jamoasi,

O‘zbekiston energetika neft-gaz va geologiya xodimlari tomonidan “Smart” jamoasi,         

O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi  xodimlari  viloyat Kengashi tomonidan “Quruvchilar” jamoasi,

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekiston” jamoasi,

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm hodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar”  jamoasi hamda         

Agrosanoat majmui  xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tizimi tomonidan “Agrosanoat” jamoalaridan tashkil topgan 8 ta jamoa o‘zaro bellashdilar.

Jamoalarning ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi. Zakovat intellektual o‘yini ochiq va shaffof o‘tkazish, jamoalarni kuzatib borish maqsadida Nizom qoidalari asosida komissiya a’zolari ushbu o‘yinni kuzatib bordishdi. Ishtirokchilarga har bir savol uchun 1 daqiqa  vaqt ajratilib, 2 turda o‘tkazildi. O‘yin natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Ustozlar” jamoasi, Ikkinchi o‘rinni “Agrosanoat” jamoasi va uchinchi o‘rinni “Quruvchilar” jamolari egalladilar. Tadbir so‘nggida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan 1-, 2- va 3- o‘rinni olgan jamolarga hamda nominatsiyalar g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!