Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Yilning eng  faol yosh mutaxassisi” tanlovi o‘tkazildi.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi  hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining qo‘shma qaroriga asosan  joriy yilning 27 aprel kuni Miroqi shaharchasidagi 16-maktabgacha ta’lim muassasasida “Yilning eng  faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh tarbiyachi” nominatsiyasi o‘tkazildi. Tanlovni tuman kengashi raisi S.Abdullaev  kirish so‘zi bilan ochdi. O‘z so‘zida tanlovni o‘tkazishdan maqsad  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishida ishtirok etish hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, yosh avlod vakillarida vatan tuyg‘usi va mamlakatda ro‘y berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir deb ta’kidlab o‘tdi. Tanlovda xududlardan saralangan 5 nafar  tarbiyachi ishtirok etdi. Tanlov bosh hakami  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri D.Imomova ishtirokchilarni “Eng faol yosh tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha baholash mezonlari bilan tanishtirib o‘tdi. 5 nafar tarbiyachi ishtirokida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra  16-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Maxmudova Dilsora Akbar qizi 1-o‘rinni, 18-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi  Shomurodova Feruza 2-o‘rinni,  5-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Bozorova Dilfo‘za 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar tuman kengashining esdalik sovg‘alari hamda diplomlari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!