Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yo‘l xaritasi imzolandi.

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2018 yil 26 dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlari haqida”gi qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan Yo‘l xaritasi imzolandi.

Mazkur Yo‘l xaritasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda sog‘liqni saqlash organlari bilan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vakolatlar yuzasidan sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida seminarlar tashkil etish, viloyatda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ishlarini tashkil etish, budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilot va muassasalarning yillik smeta xarajatlariga alohida satrlarda mehnatni muhofaza qilish tadbirlari uchun mablag‘lar ajratish, xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarda mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu Yo‘l xaritasining ijrosi yuzasidan viloyat bandlik bosh boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat moliya boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda sug‘urta kompaniyalari tomonidan yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va mas’ul ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga axborot taqdim etish ishlari belgilandi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!