Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Davlat dasturi ijroda!

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” mamlakatimizda o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.

Mazkur Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar respublikamizda har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlari asosida amalga oshirilib borilmoqda.

Jumladan, 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturi ijrosida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari ham faol ishtirok etib,  dasturning ijtimoiy rivojlanish sohasida – odamlarning daromadlarini oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, tizimdagi sanatoriylarda tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va mehnatkashlar hamda ular oila a’zolarining sifatli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlarni tizimli davom ettirish, shuningdek “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” bajarilishida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 25 yanvardagi 12-15 “s” sonli qarori ijrosini so‘zsiz bajarilishiga erishish maqsadida birlashma kengashi rayosatining 2019 yil 30 yanvardagi 15-12 “s” sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida birlashmaning 3 mlrd 45 million so‘mlik tadbirlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan 19 banddan iborat bo‘lgan yil dasturi qabul qilinib, ijrochilarga yetkazildi.

Dastur ijrosi monitoring guruhi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Natijalari esa birlashma raisi huzuridagi apparat yig‘ilishlarida hamda har chorak yakunlari bilan rayosat yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi.

Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!