Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Yong‘in xavfsizligi asoslari” mavzusida amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.

   Joriy yilning 9-18 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV ning Yong‘in xavfsizligi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimlari uchun “Yong‘in xavfsizligi asoslari” mavzusida amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv-seminarlarda korxona va tashkilot rahbarlari bilan bir qatorda tarmoq kasaba uyushmalari shahar, tuman kengashlari raislari, yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi boshliqlari ishtirok etdilar.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan maqsad olgan bilim va ko‘nikmalarni joylardagi obyektlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilarga o‘rgatgan holda yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy amal qilish, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa noxush holatlarning oldini olishda xizmat qilishi ko‘zda tutiladi.

Seminarda ishtirok etgan hamda yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan korxona va tashkilot rahbarlariga, tarmoq kasaba uyushmalari shahar, tuman kengashlari raislariga hamda korxonalarning mehnat  muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi boshliqlariga O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutining maxsus sertifikatlari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!