Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yong‘in xavfsizligi kunlari davom etmoqda.

  2016-2017 yillarning kuz-qish mavsumida yong‘inlarning oldini olish yong‘in xavfsizligiga oid chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida 2016 yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvar kuniga qadar yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu yong‘in xavfsizligi kunlarini o‘tkazish davomida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining balansidagi binolar, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari va boshqa obyektlarni yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holatga keltirish, yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Birlashma kengashi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek nomli va “Ziyo chashmalari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yong‘in xavfsizligi kunlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar muntazam muhokama qilib borilmoqda. Oromgohlarda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlardan iborat o‘t uchirish guruhlari tuzildi.
Birlashma kengashi hamda tasarrufdagi tashkilotlarda xodimlar o‘rtasida yong‘inga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish ularning yong‘in xavfsizligi qoidalariga so‘zsiz amal qilishlarini ta’minlash shuningdek, bino va inshootlarni yong‘in o‘chirish texnikasi, gidrantlar asbob-uskunalar, anjomlar, gaz, energetika, suv va qozonxona isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!