Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“YOSH CHEGARACHILAR” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI.

           O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi va 10 dan ortiq davlat va jamoatlari tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorga asosan 12-aprel kuni 9205 harbiy qism binosida “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik klubining ommaviy keng jamoalar ishtirokida Qashqadaryo viloyati bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad respublika chegaraoldi hududlarda joylashgan kasb-hunar kolleji, akademik litsey, shuningdek umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan chaqiriqqa tayyorgarlik yoshidagi o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, chegara xizmatiga qiziqtirish va bosqichma bosqich tayyorlab borishdan iboratdir.
Ushbu tadbirda 9257 harbiy qism kadrlar boshqarmasi ma’sul ofitserlari J.Norjigitov, O.Qobilov, 9205 harbiy qism ofitserlari G‘ayrat Qosimov, Aybek Dauletmuratov va boshqa harbiy qism malakali ofitserlar, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi Munojat Norova, O‘zbekiston respublikasi Yoshlar Ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi a’zolari A.Sodiqov, viloyat o‘rta-maxsus bo‘lim boshqarmasi xodimlari, Qashqadaryo viloyat madaniyat xodimlari, viloyat sport ishlari boshqarmasi xodimlari, yengil atletika federatsiyasi direktori O.Xalilov va tumanlar o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Musobaqa davomida nizom talablari asosida shartlar qabul qilindi.
“Yosh chegarachilar” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomiga asosan shartlar asosida sinovlar qabul qilinib musoboqa g‘oliblarini taqdirlash uchun “Vatanparvarlar bog‘i” da taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga viloyat madaniyat “Oydinoy” folklori jamoasi, JG‘AHO orkestr va ansanbl jamoalari, Taekvando sport sa’nati jamolari hamda 9205 harbiy qism MQRV qo‘l jangi saxna ko‘rinishlarini festivali ishtirokchilariga xavola etdi. Musobaqa g‘oliblariga harbiy qism tomonidan 1, 2, 3 o‘rinlarini egallagan jamoalarga diplom va TV–tyuner moslamasi sovg‘alari tarqatildi. Shuningdek, viloyat YOI kengashi tomonidan diplomlar va kitoblar, Qarshi shahar kasaba uyushmasi tomonidan 1, 2 va 3 o‘rinlar uchun qimmatboho sovg‘alar, viloyat sport boshqarmalari tomonidan 1, 2 va 3 o‘rinlar uchun kuboklar qimmatbaho sovg‘a tariqasida munosib taqdirlandilar.
Ushbu tadbir 14 aprel kuni viloyat televidiniyesida yoritildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!