Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yosh olimlar bellashdi.

   Bugun mamlakatiz yoshlarining har bir sohada o‘z iqtidorlarini namayon etishlari, yangi marralarni qo‘lga kiritishlari, o‘zlari tanlagan sohada ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, shuningdek har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilishida barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash, ushbu yo‘nalishga oid belgilangan chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etish, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining  “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida  joriy yilning 13 iyun kuni o‘tkazildi. “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha “Umumtexnika fanlari” kafedrasi assistenti N.M.Qo‘ziyev g‘olib deb topildi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar viloyatdagi Qarshi davlat universiteti, TATU Qarshi filialida ham o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari joriy yilning 24 iyun kuni o‘tkaziladigan viloyat hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Mazkur tanlov orqali tashabbuskor va faol yosh mutaxassislarni kashf etish, ularning o‘z kasbiy yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalar, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashib kelinmoqda.

IMG_8452 250620152 250620151

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!