Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yosh olimlarning ilmiy-amaliy anjumani

        O‘zbekiston respublikasi prezidentining “oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi pq-2909-sonli qarori va 2019 yil “faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida belgilangan  vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2019 yil 4 may kuni qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “yosh olimlar” kengashi tomonidan “innovatsion taraqqiyotni amalga oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyati” mavzusida yosh olimlarning ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda, o‘zmu professori, tarix fanlar doktori r.sulaymonov, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori z.botirov, institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori a.xayriddinov, “o‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri professor y.yergasheva, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi f.tilovatov, professor-o‘qituvchilar, kengash a’zolari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Institut “yosh olimlar” kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mavzusi va unga taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish zarurligini, aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtirilishi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishga yordam berishi haqida so‘z bordi.

Uch avlod uchrashuvi an’anasiga sodiq qolingan holda anjumanga taklif etilgan o‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, o‘zmu professori r.h.sulaymonovning 80 yillik yubileyi munosabatini bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!