Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”

????????????????????????????????????

        “O‘zburg‘uneftgaz” Aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida 28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Mehnat muhofazasi: Yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” mavzusida Davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Eson Rajabov boshqarib bordi.

Davra suhbatida “Sanoatgeokontexnazorat” DI Qashqadaryo mintaqaviy inspeksiyasi, O‘zbekiston fontanga qarshi harbiylashtirilgan qismi, viloyat Bandlik, sog‘liqni saqlash bosh boshqarmalari, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi mas’ul xodimlari hamda viloyatdagi yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari so‘zga chiqdilar.

Ayniqsa, “SHo‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ qoshidagi shifoxona bosh shifokori Zafar Beknazarov, O‘zbekiston fontanga qarshi harbiylashtirilgan qismi shtab boshlig‘i Temur Qodirov, “Minora qurish ekspeditsiyasi” AJ mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Mansur Ismoilovning yosh xodim va mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarga bergan tavsiyalari Davra suhbati qatnashchilari e’tiborini tortdi.

Albatta, mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi xodimlarning hayoti va sog‘ligi ustuvorligiga erishida hamda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.

Tadbir so‘nggida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimda  “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”,  “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi vakil”  hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olibdeb topilgan korxona, tashkilot va muassasalar, kasaba uyushma qo‘mitalari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassislar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!