Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

YOSHLAR BIRLASHMASI ISH BOSHLADI.

Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Yoshlar birlashmasining ta’sis konferensiyasi o‘tkazildi.

Uni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Eson Rajabov olib bordi va so‘zga chiqdi.

Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan, deya ta’kidladi birlashma kengashi raisi. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.

“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Viloyatimizda ishsizlarning aksariyat ko‘pchilik qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2017 yili 46 ming 783 nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 18 ming 239 nafari yoki 38,9 foizi ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Konferensiya doirasida Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Yoshlar birlashmasi tashkil etildi.

Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh kasaba uyushma faollarining 21 nafaridan iborat rayosat a’zolari saylab olinib, yoshlar birlashmasi Nizomi tasdiqlandi.

Shundan so‘ng Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Yoshlar birlashmasi raisi va rais o‘rinbosarligiga tavsiya etilgan nomzodlar ko‘rib chiqildi va ular orasidan Shavkat Suyunov “Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi”, Yoshlar birlashmasi raisi, Obidjon Mustayev Yoshlar birlashmasi raisining o‘rinbosari lavozimlariga rayosat a’zolari tomonidan bir ovozdan saylandi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Shavkat Suyunov o‘ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, bu ishonchni oqlashda va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishda, kasaba uyushmalari tashkilotlarida mehnat qilayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda kuch-g‘ayratini, bor bilim va salohiyatini ishga solishni ta’kidlab o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!