Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yoshlar – kelajagimiz bunyodkori va ertamizning ishonchli kuchidir.

        2018 yil 29 iyun kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi hamkorligida 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar – kelajagimiz bunyodkori va ertamizning ishonchli kuchidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati S.Maxmatmo‘minov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Tilovatov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Y.Ergasheva, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Murtozova, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” faoli T.Raupov hamda 45 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!