Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Yoshlar o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovi aniqlandi.

          Mamlakatimizda yoshlarning har bir sohada o‘z iqtidorlarini nomayon etishlari, yangi marralarni qo‘lga kiritishlari, o‘zlari tanlagan sohada ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi yoshlar ilm, fan va texnika, sport, ishlab chiqarish, tadbirkorlik umuman olganda iqtisodiyotning barcha sohalarida havas qilsa arzigulik natijalarga erishib kelmoqda.

Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 60-63 % ni yoshlar tashkil etmoqda. Shu sababli bugungi kunda davlatimiz rahbari rahnomaligida mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, erkin kasb tanlashi, ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishlari uchun shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa o‘z ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Yoshlarimizda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘usi shakllanmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi va ushbu Qonun doirasida sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining izchil amalga oshirilishida davlat va nodavlat tashkilotlarining yaqindan hamkorligini tashkil etib borish, ishchi kasblarni ommalashtirish, yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish, o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan kasb va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni kuchaytirish, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida yoshlar o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov orqali viloyatmizning qator tarmoqlarida mehnat qilayotgan hamda kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan tashabbuskor va faol yosh mutaxassislarni kashf etish, ularning o‘z kasbiy yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalar, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashiladi.

Joriy yilning 20-30 aprel kunlari 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 191 nafar kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari hamda korxona, tashkilot va muassasalarning yosh xodimlari o‘rtasida tanlovning I-bosqichi shahar va tumanlar miyosida “Kompyuter va kompyuter jihozlarini ishlatish va dasturiy ta’minoti bo‘yicha texnik”, “Qishloq xo‘jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko‘rsatish mexanigi”, “Ortopedik stomatologiya texnigi”, “Sug‘urta agenti”, “Buxgalter”, “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi”, “Umumqurilish ishlari ustasi”, “Oshpaz”, “Rassom” kabi   9 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlovning II-viloyat bosqichi 15 may kuni birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 56 nafar qatnashchilar ishtirokida tashkil etildi.

Tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblarga birlashma kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar beriladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!