Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yoz o‘tmoqda soz.

    Joriy yilgi o‘quv mavsumini ko‘tarinki tarzda o‘tkazib, o‘zlari uchun zarur ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilari uchun yozgi ta’til mavsumi ham a’lo darajada o‘tmoqda. O‘z oilasi bag‘rida ta’tilni mazmunli o‘tkazishga intilayotgan yoshlar turli tadbirlarda ham ishtirok etib madaniy xordiq chiqarishmoqda. Ushbu ta’tilda ularning darsdan tashqari o‘zlashtirayotgan bilimlari ham mustahkkamlanmoqda. Bunda yozgi oromgohlarning o‘rnini e’tirof etish darkor.

    O‘zbekiston ta’lim, fan va madiniyat xodimlari Qamashi tuman kengashi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturiga binoan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Sog‘lom bola – yurt kelajagi” shiori ostida bolalar spartakiadasini tashkillashtirish ishlari faol tarzda olib borilmoqda. Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” yozgi bolalar oromgohi bu yil ham yoshlar bilan gavjum. Bu yerda yoz haroratiga monand ta’tilni yuqori tarzda o‘tkazayotgan o‘g‘il-qizlar qiziqarli tadbir ishtirokchilari bo‘lishmoqda. Madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari ularning mahoratlarini yanada toblashga xizmat qilmoqda.

    Yozgi ta’tilning uchinchi fasli qizg‘in o‘tayotgan bir vaqtda O‘zbekiston ta’lim, fan va madiniyat xodimlari Qamashi tuman kengashi tomonidan “Ziyo chashmalari” oromgohida ta’tilni o‘tkazayotgan bolajonlarga qiziqarli kitoblar taqdim qilindi. Ushbu kitoblar ularning qiziqishlariga ko‘ra tanlanib, 60 nafar bolalarga berildi.

    Kitob insonning eng yaqin do‘stidir. Ushbu fikr yoshlar bilan bo‘lgan suhbatda ko‘p bora takrorlandi. Demak, yoshlarmiz bilim olish uchun eng yaqin maslakdosh sifatida kitobni tanlashmoqda. Bu ularning ertangi kunda bilimli, dono va albatta baxtli avlod bo‘lishlaridan nishonadir.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!