Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Zararli ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

      Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi o‘tgan davr mobaynida ijtimoiy hamkor tashkilotlar viloyat bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining mas’ul tashkilotchilari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib bormoqda.

O‘tgan davr mobaynida birlashma kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mutaxassislari va joylardagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan vakillar tomonidan jami  2356 ta mehnat muhofazasiga oid qoidabuzarliklar aniqlandi va ularning aralashuvi bilan 2024 ta aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

 Mehnatni muhofaza qilish, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar natijasida jarohat olgan xodimlarga bir yo‘la va oyma-oy zarar to‘lovlari to‘lanishi tartibi hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid masalalar bo‘yicha murojaat qilgan 168  nafar xodimlarga huquqiy maslahatlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida 2017-2019 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvda ijtimoiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikning shakl va uslublarini takomillashtirish, xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, bu boradagi ishlarni kuchaytirishda ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish belgilab berilgan.

Unga ko‘ra, ish beruvchilar va joylardagi kasaba uyushmalari
vakillari ishlab chiqarish obyektlarida xodimlarning kasbiy kasalliklarga chalinishlarining oldini olishi, inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlab bartaraf etish choralarini ko‘rishi, ayniqsa tibbiy ko‘riklar samarasi va sifatini oshirishi, kasallik alomatlari aniqlangan xodimlarni davolash profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish          ishlarini samarali tashkil etishlari lozim.

Shuning bilan bir qatorda, mehnatni muhofaza qilish sohasida korxona, tashkilot va muassasalarda quyidagi tadbirlarning ijrosi qat’iy ta’minlanishi lozim. Jumladan:

– mehnat muhofazasi sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish, xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilishning qoida va meyorlari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va bilim saviyalarini oshirish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

– ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish hamda ishlovchilarni maxsus kiyim, poyafzal, shaxsiy himoya vositalari va sut mahsulotlari bilan bepul ta’minlash;

– korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘rnatilgan qoida va meyorlarga rioya qilinishi ustidan ish beruvchilar va kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan ma’muriy-jamoatchilik (uch bosqichli) nazoratini o‘rnatish.

Ma’muriy-jamoatchilik (uch bosqichli) nazorat natijalarini korxonalarning umumiy yig‘ilishlarida, korxona rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari ishtirokida  keng muhokama etilishini yo‘lga qo‘yish;

– mehnatni muhofaza qilish sohasida jamoatchi vakillarni saylash, ularga samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish;

– mehnatda mayiblangan va mehnat nogironligiga ega xodimlarga, ishlab chiqarishda vafot etgan xodimlarning oila-a’zolariga tovon pullarining o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilib borish.

 Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi hamda savdo sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 apreldagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 246-sonli qarorining maqsad vazifalarni keng targ‘ib etish, axborot-tushuntirish chiqishlari, ommaviy axborot vositalariga chiqishlar qilish va davra suhbatlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Ushbu chora-tadbirlarga yuzasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, “Gissarneftgaz” MCHJ, Kitob tuman tibbiyot birlashmasi, Qamashi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, “Talimarjon IES” MCHJ, Beshkent paxta tozalash AJ,  Yakkabog‘ tumanidan “Qorabayir” otchilik majmuasi mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Shahrisabz tuman davlat sanitariya-epidemiologiya markazi qarorning maqsad vazifalarni keng targ‘ib bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi.

Ushbu o‘tkazilgan davra suhbatlari va tadbirlar o‘laroq, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish hamda ishlovchilarni maxsus kiyim, poyafzal, shaxsiy himoya vositalari va sut mahsulotlari bilan bepul ta’minlash ishlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilning 1 oktabr holatiga qadar viloyatdagi 17 ta korxona, tashkilot va muassasalardagi 718 ta zararli ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazildi.

Bugungi kunda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda korxona, tashkilot va muassasalarda zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!