O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2019 yil 28 fevraldagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 12-33 “s” sonli qarorining ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining 2019 yil 18 martdagi 15-24 “s” sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
Jumladan, 22 aprel kuni “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” MCHJda, 23 aprel kuni “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJda, “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
24 aprel kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining bitiruvchi talabalari uchun “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” shiori ostida o‘quv darsi tashkil etilib, viloyat televediyeniyasi orqali Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan 28 aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida chiqish qilindi.
25 aprel kuni “O‘zburg‘uneftgaz” AJda Halqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi munosabati bilan hamda 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlanganb “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mavzusida davra suhbati, mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, marosimdan so‘ng tadbir ishtirokchilarini “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ faoliyati bilan tanishtirish va Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”gi tashrifini uyushtirish, 26 aprel kuni “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Mehnatga oid huquqingizni bilasizmi” mavzusida zukkolar o‘yini va eng yaxshi mehnat sharoitlari fotoko‘rgazmasi tashkil etish rejalashtirilgan.