Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Faxriylarimiz e’tiborimizda”

      O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘uzor tuman kengashi, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi  bilan xamkorligida “Kasaba uyushmalari-keksalarga aksiyasi” shiori ostida Respublikamizda nishonlanayotgan  9-may ”Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida ta’lim muassasalarida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan jaxon urishi yillarida urush ortida mexnat qilgan, xozirda kasallikka chalinib qolgan, mustaqillik yillarida va uni mustaxkamlashda jonbozlik ko‘rsatgan mexnat faxriylarini, ta’lim fidoyilarini ma’naviy qullab-quvvatlash,  ular  xolidan xabar olish ularni moddiy ma’naviy qulab quvvatlash tadbirlarini tashkil etdilar, bayram tadbirlari davomida 30 nafardan ortiq keksalar va qariyalarning uylariga tashrif buyurib ularga bayram estalik sovg‘alari berildi. Joriy yilning olti oyi mobaynida 5 nafar farzandlari ta’lim soxasida faoliyat ko‘rsatayotgan faxriylarga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi, 30 nafar keksa pedagoglar respublikamizning tarixiy shaxarlari bo‘lmish Qarshi, Shaxrisabz shaxarlariga sayoxatlarda ishtirok etdilar. Ishonch telefonlari orqali 15 nafardan ortiq mexnat faxriylariga turli mavzularda yuridik maslaxatlar ko‘rsatildi. 50 nafar xodimlarimizni mexnat faxriylari safiga kuzatish tadbirlari tashkillanib ularga estalik sovg‘alar berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!