Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

      Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Yuridik bo‘limi mutaxassislari tomonidan tarmoqlar kesimida tumanlarda kasaba uyushma a’zolari va faollari ishtirokida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan; 2020 yil 11-13 fevral kunlarida Qashqadaryo viloyati Kitob va Chiroqchi tumanlarida Sayyor qabullar o‘tkazilib unda jami 123 nafar fuqarolar ishtirok etdilar. Ularning mehnat munosabatlariga oid bo‘lgan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Ayniqsa ta’lim fan va madaniyat xodimlari sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushma a’zolaridan  X.Mo‘minova, G.Ibragimova, B.Omonov, O‘.Pardayev, F.Qosimova, Z.Voxidova, Z.Mustafayeva, M.Raxmonovalarning ish o‘rinlarini qisqartirilishi, stavkalarni pasaytirilishi, intizomiy jazo choralarini muddatidan oldin bekor qilish tartiblari, o‘z hisobidan ta’til olish tartiblari, boquvchisining yo‘qotganlik pensiyalar miqdorlari, tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi beriladigan ta’tillar uchun to‘lovlar, moddiy yordamlar berish tartiblari, ish o‘rinlari qisqarayotganda Mehnat kodeksining 103-modda talablarini bajarilishi va boshqa mavzularda ularni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!