Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Yoshlar birlashmasi faollarining seminar – treningi

     O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan joriy yilning 22-28 iyun kunlari Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP-2019” Toshkent Xalqaro forumi tashkil etilganligi va ushbu forumdan ortirilgan tajribalarni viloyatdagi kasaba uyushmalari yoshlariga yetkazish maqsadida tarmoq kasaba uyushmalari shahar, tuman kengashlari va birlashgan qo‘mitalarining yoshlar birlashmalari raislari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirning birinchi qismida ishtirokchilarga “TEMP-2019” Toshkent Xalqaro forumi haqida tushunchalar, forumda ishtirok etgan 20 ga yaqin xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari yoshlari bilan o‘zaro almashilgan tajribalar, shuningdek, ushbu xorijiy mamlakatlarda yoshlarga berilgan imtiyozlar, afzalliklar va kamchiliklar hamda yoshlar birlashmalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida yoshlar uch guruhga bo‘lingan holda berilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini yozma ravishda tayyorlab tushuntirib berishdi va takliflar tayyorlashdi.

Yoshlar birlashmalarining raislari ishtirokida ma’lumot va tajriba almashish maqsadida telegramm kanalida yangi guruh ochildi va shunga o‘xshash seminar, treninglarni tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!