Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

  Yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlariga hissa qo‘shish, madaniyat muassasalarida faoliyat yuritayotgan bolalar badiiy jamoalaridagi iqtidor egalarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda “Sog‘lom ona va bola yili” dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuman Madaniyat va aholi dam olish markazlarida faoliyat yurituvchi 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar badiiy jamoalari qatnashchilari o‘rtasida Kitob tumani kengashi tomonidan Markaziy madaniyat va aholi dam olish markazida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

  Ko‘rik-tanlovni har tomonlama mukammal, yuqori saviyada tayyorlash va o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan badiiy jamoalarga yaqindan amaliy yordam berildi va barcha ishlar muvofiqlashtirilib borildi.

  Ko‘rik-tanlov “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablariga asosida 4 yo‘nalishda: an’anaviy ijrochilik, estrada qo‘shiqchiligi, yakka va ansambl cholg‘u ijrochiligi, yakka va jamoa raqsi ijrochiligi bo‘yicha jonli ijroda o‘tkazildi va malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

  Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini tanlashda ishtirokchilarning ijrochilik mahorati, kuy-qo‘shiqlarning mazmuni, sahnadagi harakati, kiyimlari alohida e’tiborga olindi. Hakamlar hay’atining xulosalariga asosan an’anaviy ijrochilik bo‘yicha Fazliddinov Abror, estrada qo‘shiqchiligi bo‘yicha Shokirov Ozodbek, yakka cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha Latipova Dilnoza va yakka raqs ijrochiligi bo‘yicha Po‘latova Dilnuralarning  chiqishlari yuqori baholandi va g‘oliblar tanlovning viloyat  bosqichga yo‘llanma oldilar.

  Yo‘nalishlar bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilgan g‘oliblar va ko‘rik-tanlovning faol ishtirokchilari O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat  xodimlari  kasaba uyushmasi tuman kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

dsc_3626 dsc_3629 dsc_3696

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!