Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Manaviyat soatlari» o’tmoqda.

  O’zbekiston davlat mussasalari va jamoat xizmat kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashining 2016 yil 01 fevraldagi 4-18 “c” sonli rayosat qarori kengash tizimidagi barcha boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlariga yetkazilgan. Ushbu qaror asosida barcha boshlang’ich tashkilotlarda xaftaning har juma kuni reja asosida «Ma’naviyat soatlari» utmoqda.

   Jumladan, 29 sentabr kuni Qarshi bank kollejida «Sizdan ozod va obod Vatan qoldi» mavzusida «Ma’naviyat soati» bo’lib o’tdi.Ma’naviyat soatini kollejning kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Begimqulov ochdi va olib bordi. Mavzu yuzasidan kollejning ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri B.Nomozova hamda kafedra uqituvchisi D.Saidov 25 yil ichida mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimovning sa’y-harakatlari bilan mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan O’zbekiston iktisodiyotini tubdan islox etish va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish dasturi xaqida gapirib o’tdilar.    Tadbirda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining tashkiliy ishlar bo’limi mudiri F.Maxmudov ishtirok etdi hamda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari, Vatan ravnaqi, tinch osoyishta, obod va farovon xayotimizni ta’minlash yulidagi ezgu ishlari xaqida so’z yuritdi.

img_2634img_2627 img_2622 img_2609 img_2608

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!