Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Sport–salomatlik garovidir.

    Qashqadaryo viloyat transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi xodimlarni sog‘lomlashtirish hamda muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini olib borishni targ‘ib etish maqsadida 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida 3-sonli salomatlik Spartakiadasi 2016 yilning 30 aprel kuni Qarshi shahridagi “Nasaf” o‘yingohida sportning qo‘yidagi: Shaxmat, Shashka, Yengil atletika, Arqon tortish va Voleybol turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.Spartakiada musobaqasida 13-ta komanda vakillari ishtirok etishib, unda jami bo‘lib, 198-nafar erkak va ayol sportchi xodimlar ishtirok etishdi. Spartakiada musobaqasi qizg‘in bellashuv ostida o‘tkazilib, hakamlar tomonidan odilona hakamlik qilinib, g‘oliblar aniqlandi. Musobaqa natijalariga ko‘ra umumjamoa bo‘yicha 3-o‘rin G‘uzor qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji jamoasiga, 2-o‘rin Chiroqchi Beshchashma qurilish kasb-hunar kolleji jamoasiga va nihoyat 1-o‘rin G‘uzor transport kasb-hunar kolleji sportchi jamoalariga nasib etishib, g‘oliblik shohsupasidan o‘rin egallashdi.Musobaqa yakunida har-bir sport turi bo‘yicha 1-2-3 o‘rinni  egallab g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni kasaba uyushmasining maxsus diplomlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

DSC_0016 DSC_0043 DSC_0051 DSC_0115 DSC_0143 DSC_0145

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!